Полная версия Изображения: Вкл Выкл    Размер шрифта: A A A    Цвет сайта: A A A A
TELEFONLAR
+99871 244-34-01
ISHONCH TELEFONI
+99871 244-37-81

62684a33c5b0a65c95f0cfa09f8492f1.jpgTezkor bosma bu - hozirgi zamonning talabidir. Shoshilinchlilik, tezkorlik, bir necha ish bilan shug'ullangan holda, bir vaqtning o'zida bir necha joyda bo'lish zarurati - bularning bari odamlarni, ayniqsa yirik shaharlarda yashaydigan kishilarni, o'z vaqtini tejashga majbur etadi.

Nimanidir juda tez muddatda chop etish zarurati yuzaga kelgan vaziyatda, aynan tezkor bosma juda qo'l keladi. Shunday bo'ladiki, nimanidir chop etishga kutilmagan vaqtda to'satdan to'g'ri keladi. Mana bu sharoitda ham tezkor bosma sizga yordam beradi.


Bunday vaqtlarda ofset bosma bilan shug'ullanuvchi bosmaxonaga murojaat etish befoyda. Buyurtmaning bajarilishini kutishga vaqt ham sabr ham yo'q. Bundan tashqari kam sonli, foydasi kam buyurtmani hamma bosmaxona ham olavermaydi. Shunday vaziyatda sizga tezkor bosma yordam beradi. Aynan uning yordamida to'satdan zarur bo'lib qolgan mahsulotni chot etib olishingiz mumkin.

Tezkor bosma yana shunisi bilan foydaliki, u bilan shug'ullanayotgan markazlar odatda chop etishdan keyingi ishlovni, ya'ni kesish, laminatsiyalash, chiziqlash, tikish va boshqa shu kabi ishlarni ham ta'min etadilar. Bu esa, yana boshqa biror joyga murojaat etish zaruratidan qutqaradi. Demak, qimmatli vaqtingizni tejab beradi. Tezkor bosma Sizni umidsiz vaziyatdan chiqarib yuboradi.

Shu bois, agar biror zaruriy ko'rgazmada o'zingizning etarli darajadagi bosma mahsulotingiz, ya'ni bukletlar, tashrifnomalar, taqvimlar yo'qligi uchun qatnashishingiz imkonsiz bo'lib qolsa, vaziyatni tezkor bosma darhol to'g'irlab beradi. Sizning bo'lg'usi mijozlar bilan bitimlaringiz yoki ehtimoldagi hamkorlar bilan sherikligingiz xavf ostida qolmasligi uchun buyurtmalarni eng yaqin vaqt ichida eng qisqa muddatlarda chop etib beruvchi, eng zarur bosmaxona doim qo'l ostingizdadir.

Balki Siz bu mahsulotning hammasini sarflab ulgurmasiz, ammo birinchidan, ortib qolgan bu zaxirani keyingi safar ishlatishingiz mumkin, ikkinchidan esa, Sizning bunday tadbirlardagi ishtirokingiz tezkor bosmaga sarflagan xarajatlaringizni to'liq qoplashdan tashqari, Sizga katta daromad ham keltiradi. Bunday holatlarda iqtisod qilish yaramaydi. Zero, Siz aks holda ko'p narsani yo'qotishingiz mumkin.

«O'ZBEKISTON» NMIU da amalga oshiriladigan tezlor bosma Sizga zaruriy buyurtmani tez olish imkonini beradi.