Maqsad va vazifalari:
Gazetani bolalarning o'z kuchlari bilan tayyorlash, ya'ni gazetaning deyarli asosiy qismi yosh muxbirlarning materiallaridan tashkil topgan. "Klass"ning o'quvchilarini sovrinli va sovg'ali tanlovlar, boshqotirmalar, turli xil o'yin-topshiriqlar jalb qiladi. Har bir bola "Klass"ning faqat o'quvchisigina bo'lib qolmay, balki yosh muxbiri ham bo'lishi mumkin. "Shkola Yunkora" ("Yosh muxbir maktabi") O'zbekistonning ko'pgina viloyatlarida tashkil etilgan, chunki "Klass" respublika miqyosidagi gazetadir.
Gazeta BMTning Bolalar jamg'armasi - YUNISEF, O'zbekiston Bolalar jamg'armasi, O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha milliy markazi bolalar huquqlari bo'yicha tanlovlar, Procter & Gambel kompaniyasi bilan ulg'ayish masalalari bo'yicha, Ekosan bilan - ekologik tanlovlar va hokazolar bo'yicha hamkorlik qiladi. Bu tanlovlar jiddiy mavzularda o'tkaziladi.
"Klass" gazetasi huzurida "Ptisegrad" - "Qushlar shahri" klubi tashkil etilgan bo'lib, unga yosh olim - ornitolog Maksim Mitropolskiy rahbarlik qiladi. Bolalar qushlarni jonli tabiatda kuzatishadi, tog'larga, Botanika bog'iga tashrif buyurishadi. Shuningdek, Ilmiy anjumanlarda ishtirok etishadi. Bularning barchasi "Qushlar shahri" klubining mavzu sahifalarida o'z aksini topadi.
Gazetaning indeksi - 187.
"Klass"ga istagan oydan obuna bo'lish mumkin. Obuna yil bo'yi davom etadi. Gazeta adadining 90%dan ortig'i obuna bo'yicha, qolgan miqdori esa chakana savdo orqali tarqatiladi.:
Manzilimiz: Toshkent shahar 100129, Navoiy ko'chasi, 30-uy.
Telefon: 244-36-81
Faks: 244-37-24
E-mail: klass@klass.uz
Web: www.klass.uz